Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu siyosiy faoliyatini uzaytirish va Isroilda o‘ziga qarshi ochilgan sud jarayonidan qochish uchun G‘azo sektorida “genotsid sodir etganini” aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP Photo

2016-yil dekabr oyidan beri Netanyaxuga qarshi korrupsiya, shaxsiy va hukumat manfaatlarini noqonuniy lobbi qilish bo‘yicha bir necha jinoiy tergov qo‘zg‘atilgan. 2020-yil may oyida ushbu ishlar bo‘yicha sud jarayoni boshlangan.

Bu hafta ommaviy axborot vositalari Netanyaxuning korrupsiya ayblovlari bo‘yicha haftalik tinglovlar soni uchdan ikkiga qisqartirilishini xabar qildi. Chunki u va uning jamoasi qurolli mojaro avj olgan bir paytda tinglovlarga tayyorgarlik ko‘rolmaydi.

Erdo‘g‘onning qo‘shimcha qilishicha, uch mingga yaqin turkiyalik advokat Netanyaxu va boshqa isroillik siyosatchilar ustidan Xalqaro jinoiy sudga da’vo arizasi bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »