Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pentagon rahbari Lloyd Ostin Yamandagi husiy nishonlariga zarba berishni kasalxonada yotgan holda buyurdi va hujumlarni nazorat qildi. U “xavfsiz aloqa vositalari to‘plamidan foydalanib” bunga muvaffaq bo‘lgan, deya xabar berdi CNN Pentagonning yuqori martabali mulozimiga tayanib.

Foto: AP Photo
“Bugun vazir Ostin CENTCOM (AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi)ga zarbalar to‘g‘risida buyruq berdi va xavfsiz aloqalarning to‘liq to‘plami orqali real vaqt rejimida vaziyatni kuzatib bordi”, — dedi u 12-yanvarga o‘tar kechasi.

Qo‘shimcha qilinishicha, zarbalardan so‘ng u Milliy xavfsizlik kengashi, CENTCOM raisi va qo‘mondoni bilan zarbalar ta’sirini baholash haqida gaplashgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Ostin kasalxonada prostata saratonidan davolanmoqda. Mudofaa rasmiysining aytishicha, 9—11-yanvar oqshomlari orasida Ostin Jo Bayden bilan ikki marta gaplashgan va prezident ma’qullagan variantni muhokama qilish uchun shtab boshliqlari birlashgan raisi Charlz Braun, AQSH Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Erik Kurila hamda Milliy xavfsizlik kengashi bilan “bir necha bor qo‘ng‘iroqlashgan”.

“O‘tgan 72 soat ichida u bugungi zarbalarni nazorat qilish va boshqarishda faol ishtirok etdi”, — dedi mudofaa vakili.

12-yanvarga o‘tar kechasi AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi husiy obyektlariga zarbalar berdi. Ular Yaman husiylarining Qizil dengizdan o‘tayotgan kemalarga davomli hujumlari sabab ularni zararsizlantirishga qaror qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »