Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pentagon Qizil dengizdagi kemalarga hujumlar kuchayishi munosabati bilan Yaman shimolida hukmronlik qilayotgan “Ansor Alloh” harakatining (husiylar) harbiy obyektlariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati rasmiylariga tayanib, Semafor portali xabar berdi.

Foto: Getty Images

Husiylar avvalroq Isroil bilan bog‘liq har qanday kemaga hujum qilishlari haqida ogohlantirib, boshqa davlatlarni o‘z ekipajlarini chaqirib olishga va dengizda ularga yaqinlashmaslikka chaqirgandi. Bir qator yuk tashish kompaniyalari Qizil dengiz orqali tashishni to‘xtatishga qaror qilgan.

Pentagon 16-dekabr kuni Qizil dengizda AQSH esminetsi husiylar nazorati ostidagi hududdan uchirilgan 14 ta dronni urib tushirganini taʼkidladi.

“Pentagon Yamandagi husiylarning harbiy obyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbalar berish imkoniyatini muhokama qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

AQSH ma’muriyati rasmiylari “Tehrondagi husiylar va ularning homiylari global dengiz savdosini buzishga urinayotganidan” tobora xavotirda.

Shu bilan birga, portal suhbatdoshlari bunday qadam “Eron va uning ishonchli vakillariga qarshi kengroq urush” boshlanishiga olib kelishi mumkinligi haqidagi qo‘rquvni inobatga olib, zarbalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqishganini ta’kidladi.

AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Eron husiylar tomonidan yuk tashish tahdidiga barham berish uchun chora ko‘rishi kerakligini aytdi. Avvalroq Eron G‘arb davlatlari, xususan, AQSH va Britaniyaning Yamanning “Ansor Alloh” harakati tomonidan Qizil dengizdagi savdo kemalariga uyushtirilgan hujumlarga aloqadorligi haqidagi bayonotlarini rad etgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »