Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaman husiylari Liberiya bayrog‘ida harakatlanayotgan Germaniyaning Hapag-Lloyd kompaniyasining konteyner tashuvchi kemasiga hujum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: AFP

AQSH mudofaa rasmiysining aytishicha, yuk kemasi Yamanning husiy nazorati ostidagi hududidan otilgan snaryad bilan urilgan. Shundan keyin kemada yong‘in chiqqan. Germaniya—Isroil Jamiyati (DIG) prezidenti Folker Bek nemis kemasiga qilingan hujum “Germaniya hujumga uchraganini” anglatishini aytdi. U husiylar ortida turgan Eronga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi.

“Agar hozir ko‘zga ko‘rinadigan reaksiya bo‘lmasa, Eron va uning ishonchli vakillari, ‘Hizbulloh’ yoki husiylar buni taklif sifatida qabul qiladi”, — dedi u.

15-dekabr kuni Liberiya bayrog‘i ostidagi MSC ALANYA konteyner kemasi husiylar tomonidan yo‘nalishni o‘zgartirishga buyrug‘ini olgan, ular hujumga uchramagan.

“Kapitan, sizga Qizil dengizga borishga ruxsat yo‘q. Yo‘nalishingizni janub tomonga o‘zgartiring”, — deyilgan ogohlantirishda.

Avvalroq Yamandagi husiylar HAMAS bilan birdamlik uchun Isroil bilan aloqador kemalarni nishonga olishlari haqida ogohlantirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »