Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yamanning Aden qirg‘oqlari yaqinida Isroilga aloqador Central Park neft tashuvchi tankeri qo‘lga olindi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Foto: FleetMon.com

Hech bir harbiy guruh kemaning qo‘lga olinishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Kema isroillik milliarder Eyal Oferning Zodiac guruhiga kiruvchi Zodiac Maritime kompaniyasiga tegishli.

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, hujum sodir bo‘lgan Adan ko‘rfazining qismi Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati bilan ittifoqchi kuchlar, shuningdek, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan nazorat qilinadi va Yamandagi husiylar nazorati ostidagi hududdan uzoqda joylashgan.

AQSH harbiy-dengiz kuchlari kema qo‘lga olingani haqida ma’lumot oldi. Taxminlarga ko‘ra, uni ozod qilishga qaratilgan harakatlar amalga oshiriladi. AQSH harbiylari “kemalardan bu hududdan uzoqroq turishni” so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaman husiylari Qizil dengiz sohillarini nazorat qiluvchi Yaman shimolidagi hukmron Ansor Alloh (husiylar) harakati Isroil bilan bog‘liq har qanday kemaga hujum qilishidan ogohlantirgan. Shundan so‘ng Yaman husiylari Qizil dengizda Galaxy Leader kemasini qo‘lga olgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »