Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant G‘azo sektoridagi shiddatli janglar HAMAS bilan vaqtinchalik sulh tuzilganidan keyin kamida ikki oy davom etishini ma’lum qildi. 

Foto: https://milletnews.com/
“Sulh qisqa muddatli bo‘ladi, shundan so‘ng shiddatli janglar davom etadi. Biz o‘z maqsadlarimizga erishmagunimizcha to‘xtamaymiz: HAMASni yo‘q qilish va G‘azodan Isroilga garovga olinganlarni qaytarish — ularning soni 240 tani tashkil etadi va biz buni qabul qila olmaymiz, toqat qila olmaymiz”, — dedi Gallant.

Vazir garovga olinganlarni ozod qilish uchun kurashni davom ettirish zarurligini ta’kidladi. Uning fikricha, HAMAS ularni bosimsiz qo‘yib yubormaydi.

  • 24-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00da Isroil mudofaa kuchlari va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasida to‘rt kunlik sulh kuchga kirdi. Tomonlar o‘nlab garovga olinganlar va asirlarni almashish uchun to‘rt kun davomida harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib oldi.
  • Isroil garovga olingan 13 kishi evaziga Isroil qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan 39 nafar falastinlikni HAMAS vakillariga topshiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »