Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qatar TIV matbuot kotibi Majid al-Ansoriy X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida Isroil 39 nafar falastinlik mahbusni, jumladan 25 ayol va 14 bolani ozod qilganini tasdiqladi.

Shuningdek, u HAMAS jangchilari garovga olingan 24 kishini Qizil Xoch xodimlariga topshirganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular orasida 13 nafar isroillik, 10 nafar tailandlik va bir nafar filippinlik bor.

Foto: Reuters

Bugun erta tongda Tailand bosh vaziri Settha Thaveesin 12 nafar Tailand fuqarosi ozod etilganini e'lon qildi. Times of Israel gazetasi isroillik rasmiyga tayanib, 13 nafar isroillik va 12 nafar tailandlik ozod etilganini xabar qildi.

24-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da Isroilning HAMAS bilan garovga olinganlarni ozod qilish uchun to‘rt kunlik harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi kelishuvi kuchga kirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »