Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning fikricha, BMT G‘azo sektorida kuchayib borayotgan gumanitar inqirozga sust reaksiya ko‘rsatmoqda.

Bu haqda Netanyaxu belgiyalik va ispaniyalik hamkasblari Aleksandr De Kro va Pedro Sanches bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

“Men BMT va xalqaro tashkilotlarning faol saʼy-harakatlarini hali ko‘rmadim”, — dedi Netanyaxu.

Foto: Reuters

“Qish yaqinlashmoqda. G‘azo sektoridagi xavfsiz hududlarga o‘n minglab chodirlar o‘rnatish zarur. Lekin BMT xavfsiz hududlarga kirmayapti va bu meni hayratda qoldirmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Isroil bosh vaziri.

U falastinliklar G‘azo sektorining shimoliy qismidan janubiga xavfsiz ko‘chishi uchun Isroil yo‘lak ochganini ta’kidladi va shundan beri tinch aholi o‘rtasida qurbonlari soni kamayganini ta’kidladi.

“Harbiy harakatlar aholini ogohlantirishlarimizga quloq solishga va anklavning janubiga borishga majbur qildi. Ular janubga etib borgach, insonparvarlik yordamiga ega bo‘lishdi”, — dedi Netanyaxu.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »