Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li loyihasining o‘z qismining qurilishini 2024-yilning boshida boshlashi mumkin. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Oqilbek Japarov deputatlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Uning ta’kidlashicha, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish deyarli yakunlangan. Loyiha qiymati 6 milliard dollarga baholangan.

“Biz moliya manbalarini qidirmoqdamiz. Xitoy tomonida qurilish allaqachon boshlangan. Biz O‘zbekiston bilan birgalikda Qozarmondan Jalolobodga qadar moliyalashtirishga deyarli qaror qildik. Bu jarayonni qish-bahorda yakunlasak, kelasi yildan temir yo‘l yotqizishni boshlaymiz”, — dedi Japarov.

Qirg‘iziston bosh vaziri, shuningdek, eksport mamlakatning kelajakdagi iqtisodiy rivojlanishining asosiy omili bo‘lishini ta’kidladi. U Qirg‘izistonni Yevrosiyo savdo markazi va eksport tovarlarini yig‘ish, saqlash, saralash va uchinchi davlatlarga jo‘natish bo‘yicha mintaqaviy logistika markaziga aylantirishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »