Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektorida to‘rt kunga harbiy harakatlarni to‘xtatishni nazarda tutuvchi Isroil — HAMAS kelishuvi 24-noyabr kuni ertalab mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da (Toshkent vaqti bilan 10:00) kuchga kirdi, deb yozmoqda The Times of Israel.

Foto: Reuters

Xabarga ko‘ra, muzokaralardan bir necha soat oldin G‘azo sektori bilan chegaradosh Isroil shaharlarida raketa hujumidan ogohlantiruvchi trevoga yangragan. Isroil mudofaa kuchlari esa G‘azoga intensiv hujumlar uyushtirgan.

Kelishuv kuchga kirganidan 15 daqiqa o‘tgach, G‘azo sektori yaqinidagi aholi punktlariga yana havo hujumi haqida ogohlantirish berildi, dedi Isroil mudofaa kuchlari.

“Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv G‘azo sektorining shimoli va janubida harbiy harakatlarni to‘xtatishni nazarda tutadi”, — deyilgandi muzokaralarda ishtirok etgan Qatar tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Kelishuv doirasida G‘azoda garovga olingan birinchi 13 nafar isroillik, so‘ngra Isroil qamoqxonalaridagi 39 nafar falastinlik mahbuslar ozod etilishi kutilmoqda. Bundan tashqari G‘azo sektoriga gumanitar yuklar kelishni boshlaydi.

To‘rt kunlik sulh davomida garovga olingan jami 50 nafar isroillik ayol va bolalar ozod etilishi kutilmoqda. Bunga javoban Isroil hukumati 150 nafar falastinlik mahbusni — asosan ayollar va o‘smirlarni (ularning ba’zilari qotillikka urinishda ayblangan) ozod qilmoqchi.

Isroil garovga olingan har 10 kishi uchun sulh bitimini yana bir kunga uzaytirishga tayyor, deyiladi xabarda.

Falastin — Isroil mojarosi 7-oktyabr kuni boshlangan. Hujumlarda Isroil tomonidan 1 200 dan ortiq odam, G‘azoda esa 14 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »