Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil hukumatining G‘azo sektorida harbiy amaliyot o‘tkazish uchun sarflagan xarajatlari 48 milliard dollarga yetadi. Bu haqda Leader Capital Market konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Foto: AFP

Xabarga ko‘ra, konflikt “mamlakat budjetiga 2023 va 2024-yillarda taxminan 180 milliard shekel (48 milliard dollar) zarar keltiradi”. Bu holda Isroil “umumiy xarajatlarning uchdan ikki qismini o‘z zimmasiga oladi, qolganini esa AQSH to‘laydi”.

Bloomberg Isroil Moliya vazirligi maʼlumotlariga tayanib aniqlik kiritishicha, harbiy harakatlar davom etishi mamlakat budjetiga kuniga 270 million dollarga tushadi.

“Biz bir necha oylik janglarni o‘z ichiga olgan asosiy ssenariy bo‘yicha harakat qilmoqdamiz. Biz Isroil davlatini hozirgi konfliktdan ham ekstremalroq vaziyatlarda ham moliyalashga qodirmiz”, — deydi Isroil Moliya vazirligining bosh hisobchisi Yali Rotenberg.

Avvalroq Isroilning Calcalist iqtisodiy gazetasi Isroilning G‘azo sektoridagi operatsiyasi, agar jangovar harakatlar 2024-yil oxirigacha yakunlansa, eng optimistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 200 milliard shekel (taxminan 54 milliard dollar)ga tushishi haqida xabar bergandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »