Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil G‘azo sektori shimoliga o‘tmoqchi bo‘lgan falastinliklarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda Al-Jazeera telekanali xabar bermoqda.

“Isroil armiyasining G‘azoning shimoliy qismiga o‘tmoqchi bo‘lgan fuqarolarga qarata o‘q uzishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi yaralandi”, — deyiladi telekanalning Telegram-kanalida.

Foto: Reuters

Avvalroq Times of Israel nashri yozganidek, Isroil armiyasi G‘azo sektori uzra anklav shimoliga qaytmaslikka chaqiruvchi varaqalarni tashlagan — unda aytilishicha, mazkur hudud sulh davrida ham mojaro zonasi bo‘lib qolmoqda.

Bugun, 24-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da Isroil va G‘azo sektorida hukmronlik qilayotgan HAMAS harakati o‘rtasida to‘rt kunlik sulh kuchga kirdi. Vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv dastlab 23-noyabrga belgilangan edi, biroq HAMAS Isroilga garovga olinganlar ro‘yxatini ularning aniq tafsilotlari bilan o‘z vaqtida taqdim etmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »