Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya harbiy kemasi Yaman husiylari tomonidan uchirilgan ikkita dronni urib tushirdi. Bu haqda Arab News xabar berdi.

Foto: Languedoc / AFP

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 9-dekabr, shanba kuni kechki payt Qizil dengizda sodir bo‘lgan. Languedok fregati Yaman husiylari nazoratidagi port shahridan uchirilgan dronlarni urib tushirgan. Fransiya harbiy-dengiz kuchlari “aniqlangan ikkita tahdidni ushlab turish va yo‘q qilish” amalga oshirilganini bildirgan.

Yaman husiylari Qizil va Arabiston dengizi orqali Isroilga ketayotgan har qanday kemaga hujum qilishlarini eʼlon qilgandi. 4-dekabr kuni Qizil dengizda uchta tijorat kemasi va bitta Amerika esmineti Yaman husiylari hujumiga uchradi. 

Pentagon voqeaga izoh berar ekan, bunday hujumlar xalqaro savdo va dengiz xavfsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid solayotganini taʼkidlab, hujumlarda Eronni ham aybladi. 

“Ansor Alloh” guruhi (husiylar) 2015-yildan buyon Yamanni amalda boshqarib kelmoqda. Husiylar Isroilga qarshi urushda HAMASni qo‘llab-quvvatlovchi Eron va “Hizbulloh” bilan yaqin aloqaga ega ekaniga ishoniladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »