Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH harbiy-dengiz kuchlarining “Meysn” kemasi Aden ko‘rfazida “qaroqchilar” tomonidan qo‘lga olingan tankerga yordamga keldi, deb xabar bermoqda Reuters AQSH rasmiylari bayonotiga tayanib.

“Meysn” kemasi
Foto: Reuters

Central Park nomli tanker ozod qilingan, ekipaj a’zolarining hech biri jabrlanmagan, yuklarga ham zarar yetmagan. Bayonotda aytilishicha, besh nafar qaroqchi qayiqda qochishga uringan, biroq ularni qo‘lga olishgan. Hujum ishtirokchilari haqida ma’lumot berilmagan.

Yaman hududidan Amerika kemasi va tanker tomon ikkita ballistik raketa uchirilgan. Ammo AQSH rasmiylari nishonni taxminan 10 dengiz mili (18,5 kilometr) nariga o‘tkazib yuborganini ta’kidladi.

Fosfor kislotasini olib ketayotgan kemaga hujum haqida 26-noyabr kuni tushdan keyin ma’lum bo‘ldi. Qayd etilishicha, tanker isroillik tadbirkor Eyalya Oferning Zodiac Maritime kompaniyasiga tegishli. Kompaniya Zodiac Group tarkibiga kiradi.

Avvalroq Yamanning “Ansor Alloh” guruhi Isroil shirkatlariga qarashli har qanday kemaga hujum qilishini aytgandi. O‘z navbatida Zodiac Group gap Aden ko‘rfazida faol bo‘lgan qaroqchilar haqida ketayotganini istisno qilmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »