Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qizil dengizda uchta tijorat kemasi va bitta Amerika esminetsi Yaman husiylari hujumiga uchradi, deb xabar qildi AQSH Markaziy qo‘mondonligi.

Foto: Reuters

Qo‘mondonlik matbuot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, soat 9:15 atrofida AQSH harbiy-havo kuchlari esminetsi Yaman husiylari nazorati ostidagi hududdan raketa hujumini qayd etgan. Raketa Bagama orollari bayrog‘i ostidagi Unity Explorer yuk kemasi yaqinidan uchib o‘tgan.

Bir necha soat o‘tgach, esminets Yamandan uchib kelayotgan dronni ham urib tushirgan. Xabarda qayd etilishicha, harbiy kema hujum nishoni bo‘lgan-bo‘lmagani noma’lum.

Keyinchalik, Amerika kemasi yangi raketa hujumidan biroz zarar ko‘rgan Unity Explorer’ning favqulodda signaliga javob berdi. Esminets unga yordam berayotganda yana bir dron urib tushirildi.

Shundan so‘ng yana ikkita kema — № 9 va Sophie II yuk tashuvchilari raketa zarbalari tufayli avariya signalini yubordi. Esminets ularga ham yordam berdi. Bu vaqtda yana bir dron urib tushirildi, deyiladi xabarda.

Pentagon voqeaga izoh berar ekan, bunday hujumlar xalqaro savdo va dengiz xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solayotganini taʼkidlab, hujumlarda Eronni ham aybladi.

Yamandagi husiylar tomonidan amalga oshirilgan bu hujumlar to‘liq Eron tomonidan uyushtirilgan, deb ishonish uchun barcha asoslarimiz bor, — deyiladi bayonotda.

O‘z navbatida, husiylarning harbiy qanoti vakili Yahyo Seri “Ansor Alloh” guruhi jangarilarning “ogohlantirishlariga javob bermagan” Unity Explorer va  № 9 Isroil kemalariga hujum qilganini tasdiqladi. Shuningdek, u Isroil G‘azo sektoridagi janglarni to‘xtatmaguncha husiylar “Isroil kemalari”ga hujum qilishda davom etishini ta’kidladi.

“Ansor Alloh” guruhi 2015-yildan beri Yamanni amalda boshqarib kelmoqda. Husiylar Isroilga qarshi urushda HAMASni qo‘llab-quvvatlovchi Eron va “Hizbulloh” bilan yaqin aloqaga ega ekaniga ishoniladi.

Avvalroq husiylar Isroil bilan bog‘liq barcha kemalarga hujum uyushtirishini ma’lum qilgandi. BBC rus xizmati xabariga ko‘ra, o‘shandan beri isroillik tadbirkorlarga tegishli kemalar kamida to‘rt marta guruh hujumiga uchragan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »