Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yamanning “Ansor Alloh” (husiylar) guruhi ularga zarbalar bergani uchun AQSH va Buyuk Britaniya “yuqori tovon” to‘lashidan ogohlantirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AFP
“Mamlakatimiz Amerika va Britaniya kemalari, suvosti kemalari va harbiy samolyotlari tomonidan amalga oshirilgan yirik tajovuzkor hujumga uchradi. Shubhasiz, Amerika va Britaniya ushbu ochiq-oydin agressiyaning barcha dahshatli oqibatlarini o‘z zimmasiga olishga va yuqori tovon to‘lashga tayyor bo‘lishi kerak”, — dedi “Ansor Alloh” hukumatidagi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Husayn al-Ezziy.

Husiylar AQSH va Britaniyaning havo hujumlari oqibatida Yamanda odamlar halok bo‘lgani va yaralanganini ma’lum qildi.

“Reydlar natijasida besh kishi halok bo‘ldi, qurolli kuchlarimizning yana olti nafar a’zosi yaralandi”, — deydi Yaman armiyasi matbuot kotibi Yahyo Sari.

U Yaman qurolli kuchlari Yaman, uning suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish uchun quruqlikdagi va dengizdagi tahdid manbalari va barcha dushman nishonlariga zarba berishdan tortinmasligini aytdi. Shuningdek, husiylar zarbalar G‘azo sektorini qo‘llab-quvvatlashga to‘sqinlik qilmasligini bildirdi.

 “Biz Yamanga qarshi bu tajovuzni mutlaqo oqlab bo‘lmasligini tasdiqlaymiz, chunki Qizil va Arab dengizlarida xalqaro yuk tashish uchun hech qanday tahdid yo‘q edi”, — dedi husiylar matbuot kotibi Muhammad Abdulsalom.

O‘z navbatida, Yaman husiylari o‘z nazorati ostidagi hududlarda majburiy safarbarlik e’lon qildi.

“Bizning xalqimiz ko‘plab viloyatlarda harbiy safarbarlik tadbirlariga o‘tdi, safarbarlar soni esa minglab”, — dedi “Ansor Alloh” harakati yetakchisi Abdel Malek al-Husiy. 

U husiylar tarafdorlarini qiyin vaziyatga qaramay, harbiy tayyorgarlik va namoyishlarni davom ettirishga, shuningdek, pul xayriya qilishga chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »