Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Yamandagi husiylar hujumi sababli Qizil dengizda xalqaro maxsus operatsiya boshladi. Husiylari mazkur operatsiyaga munosabat bildirdi. Bu haqda Tasnim news xabar berdi.

Foto: EPA


Yaman mudofaa vaziri general-mayor Muhammad Nosir Al-Atafiy Amerika koalitsiyasi tuzilgani haqidagi e’longa javoban Yaman qurolli kuchlari Qizil dengizni amerikaliklar va ularning ittifoqchilari uchun “qabristonga aylatirishini” ta’kidladi. Al-Atafiy AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning dengiz ittifoqini tuzish haqidagi bayonotiga javoban shunday dedi: 

“Bizda flot, kemalar, suv osti kemalari va samolyot tashuvchilarni cho‘ktirish uchun imkoniyatlar mavjud. Qizil dengiz sizning qabristoningizga aylanadi”, — dedi u.

AQSH mudofaa vaziri Qizil dengizda savdo kemalarining o‘tishini ta’minlash maqsadida ko‘p millatli koalitsiya tuzilganini rasman e’lon qildi. Yuqoridagi koalitsiyaning e’tiborli jihati Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarining ushbu guruhda ishtirok etmasligidir.

Ostin e’loniga ko‘ra, bu koalitsiyada Bahrayn, Angliya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Seyshel orollari va Ispaniya davlatlari ishtirok etadi.

Husiylar avvalroq Qizil dengizdagi Isroil bilan bog‘liq har qanday kemaga hujum qilishlari haqida ogohlantirib, boshqa davlatlarni o‘z ekipajlarini chaqirib olishga va dengizda ularga yaqinlashmaslikka chaqirgandi. Bir qator yuk tashish kompaniyalari Qizil dengiz orqali tashishni to‘xtatishga qaror qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »