Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida salonida o‘quvchilar bo‘lgan Gentra kanalga tushib ketgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura holat yuzasidan “Daryo”ga ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Unda aytilishicha, voyaga yetmagan M.I. tegishli hujjatlarsiz buvisi B.I. ga tegishli bo‘lgan qizil rangli Gentra’ni Guliston tumani, “Inoqlik” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanali bo‘yidagi avtoyo‘lda boshqarib borayotib, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida, mazkur kanalga tushib ketgan va yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Voyaga yetmagan M.I. yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan vaqtda mashinada yo‘lovchilar, uning sinfdoshlari voyaga yetmagan S.V., S.V., N.I. va D.N. bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganidan so‘ng, avtomashinadan M.I., N.I. va D.N. avtomashina oynalarini sindirib, suvdan chiqqan, biroq voyaga yetmagan S.V. va S.V. chiqolmagan. 

Gentra favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari tomonidan Do‘stlik kanalidan olib chiqilganda, voyaga yetmagan S.V. va S.V.larning murdasi topilmagan bo‘lib, hozirda ularni topish choralari ko‘rilmoqda.

Hodisa sodir bo‘lgan joy viloyat prokurori, viloyat IIB boshlig‘i, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i ishtirokida hamda viloyat tergov-tezkor guruhi, EKB ekspertlari, favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari, ishtirokida ko‘zdan kechirilib, protsessual tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »