Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Global Firepower Index dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, AQSH Qurolli kuchlari reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

AQSH armiyasiga 0,0699 jangovar kuch indeksi berilgan (indeks qanchalik past bo'lsa, jangovar kuch shunchalik katta bo‘ladi). Rossiya Qurolli kuchlari 0,0702 kuch indeksi bilan 2-o‘rinni egalladi.

Foto: Globalfirepower.com

Birinchi beshlikka Xitoy, Hindiston va Janubiy Koreya armiyalari kirdi, Britaniya armiyasi esa oltinchi o‘rindan joy oldi. Ukraina o‘tgan yilgi 15-o‘rindan 3 pog‘ona pastlab, 18-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston armiyasi Global Firepower Index reytingida 65-o‘rindan joy olgan. Armiyaga 1,1069 kuch indeksi berilgan.

Reytingda jami 145 ta davlat bor. Mazkur reyting har yili e’lon qilib boriladi. Reytingni tuzishda 60 dan ortiq omillar, jumladan, moliyaviy ko‘rsatkichlar va davlatlarning geografik joylashuvi hisobga olingan.

Foto: Globalfirepower.com

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »