Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Muhtasham yuz yil” – real voqealarga asoslangan turkiy tarixiy drama. Sujetda Usmonlilar imperiyasi haqida hikoya qilinadi. Serialda bosh rollarni ijro etgan aktyorlar orasida sultonlardan birining avlodi ham bor.

Foto: “Noviy ochag”


“Muhtasham yuz yil” seriali Sulton Sulaymon davridagi Usmonli imperiyasi tarixiga katta e’tibor qaratdi. Serial namoyishidan so‘ng tomoshabinlar dramadagi voqealarni haqiqiy hayotdagisi bilan solishtirishni boshladi.

Foto: “Noviy ochag”


Aytish joizki, “Muhtasham yuz yil” serialini suratga olishda ishtirok etgan aktyor va aktrisalar orasida Usmonlilar imperiyasi sultonining avlodi ham bor. Bu Sulaymonning singlisi Xadiche obrazini gavdalantirgan aktrisa – Selma Ergechdir. Tarixiy drama namoyishidan ko‘p o‘tmay, u intervyularning birida buni aytib o‘tgan. Selma Ergechning ajdodlari Usmonlilar imperiyasining 30-sultoni Mahmud II bo‘lib, 1808—1839-yillar davomida taxtga egalik qilgan.

Foto: “Noviy ochag”

Aktrisa 1978-yil 1-noyabrda Germaniyaning Hamm shahrida tug‘ilgan. Uning onasi nemis, otasi turk. Aktrisaning ota-onasi tibbiyot sohasida ishlagan. Selma tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay, oila Turkiyaga qaytib kelgan. Dastlab ular qisqa muddat Mersinda yashab, keyin Anqaraga ko‘chib o‘tgan.

1995-yilda o‘rta maktabni tugatgach, Ergech Oksford (Buyuk Britaniya) Headington maktabiga o‘qishga kirdi. 1996—1997-yillarda u Lill shahrida (Fransiya) tahsil oldi. Bir muncha vaqt o‘tgach, u Istanbul universitetining tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirdi.

Foto: “Noviy ochag”

Selmaning suratga tushishiga Sulton Sulaymon rolini ijro etgan Halit Ergenchning agenti sabab bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, Ergench sulton roliga ma’qullangan, lekin Xadiche sulton roliga aktrisa topilmagan. Shunday qilib, Selma Usmonlilar sulolasi haqidagi tarixiy dramada ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »