Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqda va qator OAVlarda taxminan 1 yashar go‘dakni ayol shafqatsizlarcha urayotgani, yana bir lavhada esa ana shu bolani ayol bilan erkak yerga ko‘mayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatga izoh berdi.

Kadr: Telegram

Bolalar ombudsmani mazkur videodagi holatni tegishli protsessual tartibda o‘rganishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Tegishli idoralarning tezkor hamkorligida holat o‘rganilib, videotasvirdagi maʼlumot asosida ayolning shaxsi identifikatsiya qilindi. 

Aniqlanishicha, u Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan A.G. bo‘lib, hozirgi paytda u (2016-yildan beri) Rossiyaning Novosibirsk shahrida turmush o‘rtog‘i B.I. bilan yashab keladi. Shuningdek, videotasvirdagi go‘dak A.G. va B.I.ning 2019-yilda tug‘ilgan farzandi R.X. ekani aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuraturaning tegishli so‘roviga asosan Bosh konsulxona hamda Novosibirsk oblasti IIV xodimlari bilan o‘zaro tezkor maʼlumotlar almashinishi natijasida 19-yanvar kuni B.I. va A.G. Berdyansk shahrida qo‘lga olinib, protsessual tartibda hibsga olindi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Novosibirsk shahri (Oktabrskiy rayoni) tergov boshqarmasi tomonidan A.G. va B.I. ga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 117-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi yurituvi doirasida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan R.X. manfaatlarini taʼminlash yuzasidan Bosh prokuratura Rossiya tergov qo‘mitasi bilan huquqiy hamkorlik choralarini davom ettirmoqda. Bu borada qo‘shimcha ravishda maʼlumot beriladi.

Mazkur holat bo‘yicha bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »