Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyaning harbiy mashg‘ulotlariga javoban Haeil-5-23 suvosti yadro quroli tizimini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib.

Foto: KCNA
“KXDR Milliy Mudofaa akademiyasi qoshidagi Suvosti qurol tizimlari instituti Koreyaning Sharqiy dengizi suvlarida (KXDR Yapon dengizini shunday ataydi — “Daryo” izohi) Haeil-5-23 suvosti yadro quroli tizimining muhim sinovini o‘tkazdi, qurol hozirda ishlab chiqish bosqichida”, — deyiladi bayonotda.

Shimoliy Koreya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, sinovlar Cheju oroli atrofida bo‘lib o‘tgan uch kunlik dengiz mashqlariga javoban amalga oshirilgan. Ularda Amerikaning Carl Vinson yadroviy aviatashuvchi kemasi, Aegis ko‘p funksiyali jangovar tizimi bilan jihozlangan Princeton kreyseri, Yaponiya va Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlarining kemalari ishtirok etmoqda.

“Hozirgi o‘quv mashg‘ulotlari mintaqadagi vaziyatni yanada beqarorlashtirishga olib keldi, ular davlatimiz xavfsizligiga jiddiy tahdid soluvchi harakatlardir”, — taʼkidladi KXDR Mudofaa vazirligi.

2022-yil sentyabrida Shimoliy Koreya parlamenti “KXDRning yadro qurolli kuchlariga nisbatan siyosati to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilgandi, unda mamlakat “urushning barcha shakllariga, jumladan, yadroviy qurolga qarshi turishi” qayd etilgan, biroq hujjatda Pxenyan yadro qurollarini qo‘llashi mumkin bo‘lgan beshta shart keltirilgan. Ular orasida Shimoliy Koreyaga ham yadroviy, ham yadrosiz kuchlar bilan hujum uyushtirilishi bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »