Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

KXDR boshqa davlatlar tomonidan provokatsiyalar sodir bo‘lgan taqdirda, darhol yadro quroli bilan  javob qaytaradi. Bu haqda mamlakat yetakchisi Kim Chen In ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi.

Kim Chen In bir kun avval, 20-dekabr kuni “Xvason-18” qit’alararo ballistik raketasini uchirish bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashgan. Raketa bosh boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan uchrashib, ularni muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

Foto: AFP

“Harbiy harakatlar yadro strategiyasi va doktrinasi evolyutsiyasini namoyish etdi, unga ko‘ra, agar dushman provokatsiya uyushtirsa, KXDR yadroviy hujum qilishga ikkilanmaydi”, — dedi u.

2022-yil sentyabrida Shimoliy Koreya qonuniy asosda o‘zini “yadroviy davlat” deb e’lon qilgandi.

Mamlakatda “Yadro quroli siyosati” deb nomlangan farmon qabul qilindi. Unga ko‘ra, mamlakat ommaviy qirg‘in qurollari qo‘llangan holda hujum uyushtirilgan yoki hujum tahdidi yuzaga kelgan taqdirda, yadroviy zarba bilan javob qaytaradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »