Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya 12 soat ichida ikkinchi ballistik raketasini uchirdi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi. Raketa Pxenyan yaqinidagi hududdan dengiz tomonga uchirilgan.

Foto: Knews

Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirgani haqidagi ma’lumotni Yaponiya Mudofaa vazirligi ham tasdiqladi. Yaponiya qirg‘oq xavfsizligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa uchirilganidan bir soat o‘tib Xokkaydo g‘arbida dengizga qulagan. Shimoliy Koreya raketasi taxminan 6 000 kilometr balandlikda uchdi, uning parvoz masofasi 1 000 kilometr edi, deb keyinroq aniqlik kiritdi Yaponiya Mudofaa vazirligi. Idora bayonotida aytilishicha, Tokio Pekindagi diplomatik kanallar orqali Pxenyanning raketa uchirilishi yuzasidan keskin norozilik bildirgan.

Avvalroq 17-dekabr oqshomida KXDR qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketani uchirgandi. Janubiy Koreya harbiylariga ko‘ra, raketa taxminan 570 kilometr masofani bosib o‘tgan va dengizga qulagan. Uning uchirilishi Shimoliy Koreyaning sobiq yetakchisi Kim Chen Ir vafotining 12 yilligiga to‘g‘ri keldi.

Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreyaning ballistik raketalar uchirganini qoraladi.

“Bu uchirishlar BMTning ko‘plab rezolyutsiyalarini buzadi, Shimoliy Koreyaning qo‘shnilariga tahdid soladi va mintaqaviy xavfsizlikka putur yetkazadi”, — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »