Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya o‘z sun’iy yo‘ldoshlarining faoliyatiga har qanday aralashuvni urush e’lon qilish deb hisoblashini ma’lum qildi. Pxenyan noyabr oyida birinchi razvedka apparatini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqandi.

Foto: Reuters
“AQSH kosmik kuchlarining KXDR sun’iy yo‘ldoshiga nisbatan dushmanlik va xavfli pozitsiyasini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Bu bizning suverenitetimizga ochiq-oydin da’vo, aniqrog‘i, respublikamizga urush e’lon qilishdir”, — deyiladi Koreya markaziy axborot agentligi tomonidan chop etilgan KXDR Mudofaa vazirligi rasmiy vakili bayonotida.

Pxenyan, agar AQSH zamonaviy texnologiyalardan qurol sifatida foydalansa va suveren davlat huquqlariga tajovuz qilsa, Shimoliy Koreya “Amerika sun’iy yo‘ldoshlarining ishini pasaytirish yoki ularni to‘liq yo‘q qilish uchun javob choralarini ko‘rib chiqishga” va’da berdi.

KXDR rasmiylarining fikricha, agar AQSH Shimoliy Koreya sun’iy yo‘ldoshini harbiy tahdid deb hisoblab, yo‘q qilishga urinsa, “Koreya yarim oroli osmonida doimiy ravishda aylanib yuradigan va mamlakatning asosiy strategik aktivlarini kuzatib turadigan ko‘plab Amerika sun’iy yo‘ldoshlari KXDR qurolli kuchlari tomonidan vayron qilinadigan birinchi nishon bo‘ladi”.

KXDR Mudofaa vazirligi bayonoti AQSH kosmik qo‘mondonligi vakilining izohidan so‘ng yangradi. Avvalroq qo‘mondonlik rasmiysi Vashington Shimoliy Koreya sun’iy yo‘ldoshining razvedka operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish imkoniyatiga egami, degan savolga javob berar ekan, Qo‘shma Shtatlar turli vositalar yordamida dushmanni koinotdagi imkoniyatlaridan mahrum qilishi mumkinligini aytgandi.

Shimoliy Koreya ikkita muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng 21-noyabr kuni razvedka sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirgani haqida e’lon qildi. Qurilma Yer orbitasiga chiqarildi. U hozirga qadar Janubiy Koreya va AQSHdagi obyektlarni tasvirga olib, uzatdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »