Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya bortida ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan ballistik raketani muvaffaqiyatli uchirganini e’lon qildi. Bu haqda KCNA xabar berdi.

Foto: KCNA

“Maligen-1” sun’iy yo‘ldoshi Sohe kosmodromidan “Chollima-1” raketasi yordamida uchirilgan. Raketa parvozi mahalliy vaqt bilan taxminan 22:43 da amalga oshgan. Raketa berilgan marshrut bo‘ylab normal uchib, 705 soniya o‘tib orbitaga ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshni qo‘yib yuborgan. Jarayonni kosmodromdan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kuzatgan.

Foto: KCNA

Janubiy Koreya va Yaponiya rasmiylari sun’iy yo‘ldosh orbitada bo‘lgan yoki yo‘qligini darhol tekshira olmasligini bildirdi. Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singxning aytishicha, amerikalik harbiylar uchirilish muvaffaqiyatli bo‘lgan yoki yo‘qligini aniqlashda davom etmoqda.

Foto: KCNA

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bayonotiga javoban harbiy keskinlikni kamaytirishga qaratilgan 2018-yilda imzolangan Koreyalararo kelishuv qismlarini amalga oshirishni to‘xtatish choralarini ko‘rishini bildirdi. 

Bu qadam mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy chegara chizig‘i atrofidagi hududda razvedka va kuzatuv operatsiyalarini qayta boshlashni o‘z ichiga oladi.

Foto: KCNA
Foto: KCNA

Shimoliy Koreyaning bu yilgi ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqish bo‘yicha birinchi urinishi 31-may kuni bo‘lib o‘tgan va raketa havodan ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Avgust oyi oxirida ham Pxenyanning ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqishga urinishi zoye ketdi. Bu safargi parvozda raketaning uchinchi qismida muammolar yuzaga kelgan, raketaning qismlari Filippindan 600 kilometr sharqda qulagan.

Foto: KCNA
 
Foto: KCNA

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »