Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreyaning “Manrigyon-1” harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshi Oq uy va Pentagonning suratlarini, shuningdek, bir qancha harbiy bazalar suratlarini oldi, deb xabar bermoqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA).

KXDR razvedkachi sun’iy yo‘ldoshining uchirilishi
Foto: KCNA

Bundan tashqari, sun’iy yo‘ldosh Rim (fotosurat 25-noyabrda olingan), Guam orolidagi Amerikaning Andersen havo kuchlari bazasi (27-noyabrda olingan), AQSHning Virjiniya shtatidagi aerodrom hududi, Norfolk dengiz bazasi va Newport News kemasozlik zavodi (27-noyabrda olingan) tasvirlarini ham taqdim etdi.

“AQSHning Virjiniya shtatidagi Norfolk harbiy-dengiz stansiyasi va Newport News kemasozlik zavodi suratlarida AQSH harbiy-dengiz kuchlarining to‘rtta yadroviy samolyot tashuvchisi va bitta Britaniya samolyot tashuvchisi aniqlangan”, — deyiladi xabarda.

Fotosuratlar Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga ko‘rsatilgan.

Pentagon vakili “RIA Novosti”ga Oq uy va AQSH Mudofaa vazirligining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari haqidagi xabarlar haqiqiyligini tasdiqlay olmasligini aytdi.

22-noyabr kuni KCNA Shimoliy Koreya “Chxollima-1” raketasini harbiy sun’iy yo‘ldosh bilan muvaffaqiyatli uchirgani, u rejalashtirilgan orbitaga kirgani haqida xabar berdi. Agentlikning taʼkidlashicha, sunʼiy yo‘ldoshning uchirilishi KXDRning harbiy harakatlarga tayyorligini oshiradi. 1-dekabrdan boshlab sun’iy yo‘ldosh to‘liq razvedka harakatlarini boshlashi kerak. Bundan tashqari, Pxenyan koinotga Janubiy Koreya hududini kuzata oladigan yana bir nechta razvedka yo‘ldoshlarini yuborishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »