Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyan davlat aerokosmik muhandislik boshqarmasi qoshidagi umumiy nazorat va tartibga solish markaziga tashrif buyurdi. U yerda Kim Shimoliy Koreyaning razvedka yo‘ldoshi tomonidan olingan Janubiy Koreyadagi shaharlar suratlarini ko‘zdan kechirdi.

Foto: Reuters/KCNA

Kim Chen In dushmanning “asosiy nishonlari, jumladan, Mokpxo, Kunsan, Pxyontek, Osan va Seul” shaharlarining suratlarini ko‘rib chiqdi, deyiladi KCNA davlat axborot agentligi xabarida.

Shuningdek, u KXDR hududlarining fotosuratlari bilan ham tanishgan. 

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya ikki muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng 21-noyabr kuni razvedkachi sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirgani haqida e’lon qildi. Qurilma Yer orbitasiga chiqarildi. Yaponiya orbitada KXDR sun’iy yo‘ldoshi ekani taxmin qilinayotgan obyekt borligini tasdiqladi.

Avvalroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan harbiy keskinlikni pasaytirish bo‘yicha besh yillik kelishuvni uzib, chegarada kuchliroq qurolli kuchlar va yangi qurollarni joylashtirishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »