Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘arbiy Avstraliyaning ayrim qismlarini haddan tashqari issiq harorat qamrab oldi va butun mamlakat bo‘ylab o‘rmon yong‘inlari xavfini oshirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Avstraliya meteorologiya byurosi mamlakatning chekka hududlarini ‘‘haddan tashqari issiqlik’’ haqida ogohlantirgan. Sinoptiklar dam olish kunlari bu havo harorati yuqori darajada saqlanib qolishini ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Paraburdu konchilar shaharchasida harorat 47 daraja issiqni tashkil qilishi kutilmoqda, bu yanvar oyidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan olti daraja oshiq. 

Avstraliyadagi rekord darajadagi eng yuqori harorat 2022-yil 13-yanvarda Onslouda 50,7 daraja issiq ko‘rinishida qayd etilgan.

Juda issiq va quruq havo janubiy shamollar, yangi va kuchli dengiz shabadalari bilan birgalikda yong‘in xavfini ham oshiradi, — dedi sinoptiklar.

Qayd etilishicha, tom ma’noda yanvar oyi boshida G‘arbiy Avstraliya shtati poytaxti Pert shahri yaqinida katta o‘rmon yong‘ini nazoratdan chiqib ketgan va mahalliy aholi evakuatsiya qilinishiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »