Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbeklar orzu-havasli millat. O‘zbekning tug‘ilgan kuni, to‘yi, umuman olganda har qanday xursandchilik kuni san’atkorlarsiz o‘tmaydi. Xo‘sh, to‘ylarga sevimli san’atkorini taklif qilish muxlislarga qanchaga tushadi? Quyida shu haqda so‘z yuritiladi.

 Nasiba Abdullayeva 

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva Toshkent to‘ylarida birrovga xizmat qilish narxini 1500 dollar etib belgilagan. 

Bahrom Nazarov

Foto: Instagram

Xonanda Bahrom Nazarov 500 dollar evaziga to‘yingizni sho‘x qo‘shiqlari bilan “qizdirib” beradi. 

Farhod Saidov

Foto: Instagram

Xonanda Farhod Saidov 1200 dollar evaziga Toshkent to‘ylarida eng xit qo‘shiqlari bilan xizmatda bo‘ladi. 

Mavluda Asalxo‘jayeva

Foto: Instagram

Mavluda Asalxo‘jayevaning poytaxt to‘ylaridagi birrov xizmati narxi 600 dollar qilib belgilangan. 

Tohir Sodiqov

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqovni to‘yingizga chaqirmoqchi bo‘lsangiz, 2000 dollar tayyorlab qo‘yavering. 


DJ Piligrim

Foto: Instagram

DJ Piligrim oilangizning xursandchilik kunida xizmat qilishi uchun unga 3000 dollar berish kerak bo‘ladi. 

Hamdam Sobirov

Foto: Instagram

O‘zbek shou-biznesining “xitmeyker”i Hamdam Sobirov poytaxtdagi to‘ylarga 700 dollar evaziga boradi. 

Yorqinxo‘ja Umarov

Foto: Instagram

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning kuyovi, xushovoz xonanda Yorqinxo‘ja Umarovning “birrov” narxi — 500 dollar. 

Gulsanam Mamazoitova 

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova 600 dollar evaziga to‘yingizga tashrif buyuradi. 

Lola Yo‘ldosheva

Foto: Instagram

Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning poytaxt to‘ylarida 4-5 ta qo‘shiq ijro etishi 1100 dollarga tushadi. 

Ozoda Nursaidova

Foto: Instagram

Ozoda Nursaidova poytaxt to‘ylaridagi birrov xizmatini 1200 dollarga baholaydi. 

Jahongir Poziljonov 

Foto: Instagram

Agar to‘yingizga Jahongir Poziljonovni chaqirmoqchi bo‘lsangiz, 600 dollar tayyorlab qo‘ying. 

Jahongir Otajonov 

Foto: Instagram

Poziljonovning adashi Jahongir Otajonovning birrov xizmati narxi unikidan ancha qimmat. Xonandaning jonli ijrodagi 4-5 ta qo‘shig‘ini tinglash bahosi — 3000 dollar. 

Jaloliddin Ahmadaliyev 

Foto: Instagram

Professional ta’lim olmaganiga qaramay, ketma-ket xit qo‘shiqlarni muxlislari e’tiboriga havola etayotgan xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevni to‘yga chaqirmoqchi bo‘lsangiz, 3000 dollar tayyorlab qo‘yishga to‘g‘ri keladi. 

Ziyoda

Foto: Instagram

Xonanda Ziyoda poytaxt to‘ylariga 500-550 dollarga borib beradi. 

Nilufar Usmonova 

Foto: Instagram

Nilufar Usmonovaning muxlislari uni 600 dollarga to‘yga chaqirishlari mumkin. 

Rayhon

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning birrov xizmati 800 dollarga baholanadi. 

Munisa Rizayeva 

Foto: Instagram

Xonanda Munisa Rizayeva 1200 dollar evaziga to‘yingizda davrani sho‘x qo‘shiqlari bilan “qizdirib” beradi. 

Yulduz Usmonova 

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning poytaxt to‘ylarida birrov xizmat qilishi uchun unga 2000 dollar to‘lash kerak bo‘ladi. 

Sevara Nazarxon

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon to‘yga borib, 4-5 ta qo‘shiq aytib berish narxini 3000 dollarga baholaydi. 

Ulug‘bek Rahmatullayev

Foto: Instagram

 Ulug‘bek Rahmatullayev 600 dollar evaziga to‘yingizga kelib, o‘zining sara qo‘shiqlarini kuylab beradi. 

 
Shohruxxon 

Foto: Instagram

To‘yingizga Shohruxxon kelishini istasangiz, 700 dollarni tayyorlab qo‘yavering. 

Farrux Zokirov

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov “Kelibdi” qo‘shig‘i bilan to‘yni ochib berib, yana bir nechta xit qo‘shiqlarini kuylab berishi narxi— 2000 dollar.

Rashid Xoliqov

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov Toshkent to‘ylariga 1000 dollar evaziga tashrif buyuradi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »