Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda deputat Sergey Ponomaryev Olmaotadagi zilzila vaqtida aholi ogohlantirilmaganidan g‘azablandi. U qozog‘istonliklarni xavf tug‘ilganda kim ogohlantirishi kerakligi haqida savol berdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Kollaj: “Daryo”
“Bilasizmi, Olmaotada bo‘lgan kuchli silkinishlar Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham sezildi. Google Android orqali bu haqda Olmaota aholisini xabardor qildi. Negadir biz Milliy operatorlardan emas, bizning Favqulodda vaziyatlar vazirligidan emas, dunyo xizmatlaridan maʼlumot oldik. O‘rinli savol tug‘iladi: kritik vaziyatda bizga kim g‘amxo‘rlik qilishi kerak – Bill Geytsmi yoki Ilon Mask? Ogohlantirish tizimimizda nima muammo, nega aloqa kanallari ishlamayapti? – deya savol berdi Ponomaryev.

Qonun loyihasi bo‘yicha ma’ruza qilgan deputat Yekaterina Smishlyayevaning so‘zlariga ko‘ra, “tezkor xabarlar” tushunchasini kiritish zarur.

“Ha, rostan ham bizda uzilish kuzatildi. Bunga kim aybdorligi, menimcha, batafsil ko‘rib chiqilmoqda. Menimcha, biror joyda ma’lumot manbasi uni noto‘g‘ri vaqtda taqdim etgan, ehtimol, qayerdadir ogohlantirish tizimi ishlamagan.

Amaldagi qonunchilikda aloqa operatorlarining qisqa xabarlar yuborish majburiyati bor. Ammo qisqa xabarlar vaqt jihatidan hech qanday tarzda cheklanmagan. Ular kun davomida yuborilishi mumkin. Shu sababli, tezkor xabarlar tushunchasini qayta ko‘rib chiqish va joriy etish zarur. Ya’ni, favqulodda holatlarda ular qisqa, bir zumda bo‘lishi va barcha foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida yuborilishi kerak. Bu majburiyatdan kelib chiqib, biz qonun loyihasi doirasida ishlayolamiz”, — deb javob berdi Smishlyayeva.

Eslatib o‘tamiz, 23-yanvar kuni yarim tundan so‘ng Olmaota aholisi kuchli yer silkinishini his qildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Olmaota shahridan 264 kilometr janubi-sharqda Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan. Uning magnitudasi 6,7 ni tashkil etadi. Olmaotada sezuvchanlik 5 ballni, Chimkentda 2 ballni tashkil etgan. Yer silkinishlarini Ostona, Sharqiy Qozog‘iston, Olmaota, Jambil, Qarag‘anda viloyatlari va Jetisu viloyati aholisi ham sezgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »