Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Olmaotadagi maktab va kollejlarda 23-yanvar kuni birinchi smenada darslar bekor qilindi —taʼlim muassasalari tunda aholini qabul qilish punkti sifatida ishlagan. Bu haqda shahar ta’lim boshqarmasiga tayanib “Nur.kz” xabar berdi.

Foto: “Nur.kz”

Bog‘chalar odatdagidek ishlaydi, bolalar bog‘chasiga tashriflar ota-onalarning so‘roviga binoan amalga oshiriladi, deb ta’kidladi boshqarma.

Tunda Olmaotada ikki marta yer silkinishi sezildi. Shahar aholisi 23-yanvar kuni ertalab 2 ball kuchli silkinishni his qildi, deb xabar qildi Olmaota viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati Telegram-kanalida. Departament maʼlumotlariga ko‘ra, 5,8 magnitudali zilzila episentri Xitoy va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezilgan.

Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) zilzila magnitudasini 5,7 deb baholadi. Zilzila Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida sodir bo‘lgan, epimarkazi 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. 40 daqiqadan so‘ng o‘sha hududda 4,9 magnitudali yangi zilzila boshlandi, 17 daqiqadan so‘ng esa xuddi shunday magnitudali ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi. Shuningdek, taxminan soat 00:07da (Toshkent vaqti bilan 05:07) Qozog‘istonning sharqiy viloyatlarida 3,3 magnitudali zilzila boshlandi.

Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir soat ichida Olmaota aholisi yana 2-3 balli silkinishni his qilgan. Departament odamlarni tashqariga chiqishga chaqirdi. Keyinroq departament Olmaotada qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »