Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Islandiyada vulqon otilishi 14-yanvar kuni Grindavik shahri shimolidagi Reykyanes yarim orolida boshlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: RU

Vulqon otilishi bir qator kichik zilzilalar ortidan sodir bo‘lgan. Hodisadan biroz oldin Islandiya fuqarolik mudofaasi xodimlari shahar aholisini evakuatsiya qilgan. Lava oqimi allaqachon shakllangan va ortib bormoqda, biroq lava qaysi tomondan otilayotganini hozircha aniqlashning imkoni yo‘q. Batafsil ma’lumot olish uchun fuqarolik mudofaasi vertolyoti doimiy ravishda voqea joyi bo‘ylab parvoz qilmoqda.

Ushbu xizmat xodimi Xordis Gudmyundsdottirning so‘zlariga ko‘ra, “Hozircha hamma narsa Grindavik shahriga juda yaqin joyda sodir bo‘layotganini aytish mumkin”.

Mutaxassislar noyabr oyida Islandiyada seysmik faollikning kuchayganini qayd etganidan so‘ng, mamlakatda vulqon otilishi xavfi ortdi.

  • Reykyanes yarim orolida VIII asrdan 2021-yilgacha vulqon otilishi kuzatilmagan. Keyin ular uzoq aholi punktlarida yana paydo bo‘la boshlagan. Vulkanologlarning fikricha, bu jarayon mintaqadagi vulqon faolligining yangi davrining boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »