Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

KXDRning Shimoliy Hamgyong viloyatida 2,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Janubiy Koreya davlat meteorologiya agentligiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan 19:00 da Shimoliy Hamgyong provinsiyasining Kilju shahridan taxminan 40 kilometr uzoqlikda, 20 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Shimoliy Koreya barcha oltita yadro sinovini o‘tkazgan poligon aynan shu yerda joylashgan.

Foto: Google Images

KXDR yaqinda Janubiy Koreyani soxta artilleriya hujumlari bilan aldaganini ma’lum qilgan edi. Pxenyanning ta’kidlashicha, “aldash operatsiyasi” Janubiy Koreyaning raketa hujumlarini aniqlash uskunasining qanday ishlashini  tekshirish uchun qilingan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chenning aytishicha, Seul raketa portlashi deb o‘ylagan narsa aslida 130 millimetrli snaryadlar ovoziga taqlid qilish uchun mo‘ljallangan poroxning portlash ovozi bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »