Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya 6-yanvar, shanba kuni Sariq dengiz tomon 60 ga yaqin artilleriya o‘qlarini otdi.

Bu haqda Janubiy Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 5-yanvar kuni Qo‘mita KXDR qirg‘oq artilleriyasi Sariq dengizda joylashgan Yeonpxyondo va Pangyongdo orollari tomon 200 dan ortiq snaryad otgani haqida xabar bergan edi.

Bunga javoban Janubiy Koreya qo‘shinlari Sariq dengizdagi orollarda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida 400 ga yaqin snaryad uchirgan. 

  • 2018-yil sentyabrida Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya ikki davlat chegarasidagi qurolsizlantirilgan hudud yaqinida keng ko‘lamli artilleriya va dala o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatishga, shuningdek, uning yaqinida harbiy samolyotlar parvozini cheklashga kelishib olgandi. Mamlakatlar o‘rtasidagi kelishuv Sariq dengizda harbiy-dengiz mashqlari o‘tkazilmaydigan bufer zonani yaratishni nazarda tutgan.
  • 2023-yilning noyabrida Shimoliy Koreya Seulni “provokatsion manyovrlarda” ayblab, kelishuvni bekor qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »