Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 5-yanvar kuni ertalab KXDR harbiylari Janubiy Koreyaning Pennyondo va Yonpxyondo orollari yaqinida 200 ga yaqin artilleriya o‘qlarini otgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Yonhap aniqlik kiritishicha, snaryadlar Sariq dengizdagi shimoliy demarkatsiya chizig‘i yaqinidagi bufer zonaga – ikki davlatning amaldagi dengiz chegarasiga tushgan.

Seul ma’lumotlariga ko‘ra, otishmada hech kim jabrlanmagan. Janubiy Koreya harbiylari KXDR harakatlarini “provokatsiya” deb atadi va Pxenyanni ularni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

Shimoliy Koreyaning harakatlariga javoban Janubiy Koreya harbiylari Sariq dengizdagi chegara orollarida o‘t ochish mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Seul “Shimoliy Koreya tomonidan harbiy provokatsiya alomatlari fonida” Yonpxyondo orolidagi tinch aholini boshpanalarga evakuatsiya qilishni buyurgani xabar qilindi.

KXDR rasmiylari Janubiy Koreya bayonotlariga hozircha izoh bermagan.

2018-yil sentyabrida Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya ikki davlat chegarasidagi qurolsizlantirilgan hudud yaqinida keng ko‘lamli artilleriya va dala o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatishga, shuningdek, uning yaqinida harbiy samolyotlar parvozini cheklashga kelishib olgandi. Mamlakatlar o‘rtasidagi kelishuv Sariq dengizda harbiy-dengiz mashqlari o‘tkazilmaydigan bufer zonani yaratishni nazarda tutgan.

2023-yilning noyabrida Shimoliy Koreya Seulni “provokatsion manyovrlarda” ayblab, kelishuvni bekor qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »