Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreya qo‘shinlari Shimoliy Koreya bilan chegara yaqinida og‘ir qurollardan foydalangan holda AQSH bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Reuters

Janubiy Koreya armiyasining motoo‘qchi brigadasi va AQSH armiyasining Striker zirhli brigadasi o‘rtasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar jangovar tayyorgarlikni sinovdan o‘tkazish va yaxshilashga qaratilgan.

Mashqlar bir hafta — 29-dekabrdan 4-yanvargacha davom etdi. Ittifoqchilar o‘tgan yili Koreya yarim orolida keskinlik kuchaygani fonida qo‘shma mashg‘ulotlar hajmi va intensivligini oshirdi. Bunga Pxenyan uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalarni, shuningdek, Tinch okeanidagi nishonlarni urish uchun mo‘ljallangan taktik qurollarni qo‘llagani sabab bo‘ldi.

Qo‘shma mashg‘ulotlarda 110 dan ortiq harbiy texnika, jumladan, Janubiy Koreya armiyasining tanklari, zenit-artilleriya va yer qazuvchi jangovar mashinalari, shuningdek, Amerika hujumchi samolyotlari va zirhli jangovar mashinalari ishtirok etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »