Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

25-sentabr kuni Yapon dengizida Janubiy Koreya va AQSH o‘rtasidagi qo‘shma dengiz mashqlari boshlandi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi mamlakat harbiy-dengiz kuchlariga tayanib.

Foto: AFP
“Ushbu mashg‘ulotlar Shimoliy Koreyaning yadro va raketa tahdidlarini samarali to‘xtatib turish va ularga javob berish qobiliyatini namoyish etadi. Ular birgalikda mudofaa pozitsiyasini yanada mustahkamlaydi”, — dedi Janubiy Koreya admirali Kim In Xo bayonotida.

Suvosti kemalariga qarshi uch kunlik jangovar mashqlarda har ikki tomondan to‘qqizta kema va ikkita patrul samolyoti, jumladan Janubiy Koreyaning ikkita suvosti kemasi va Yulgok Yi I esminetsi, AQSHning Aegis raketaga qarshi mudofaa qiruvchisi, Shoup esminetsi va Robert Smalls kreyseri ishtirok etadi.

Yonhap KXDR yaqinda yangi taktik yadro suvosti kemasini ishga tushirganini eslatdi. Kema Shimoliy Koreya “dengiz kuchlarining asosiy suvosti hujum qurollaridan biri sifatida jangovar missiyani bajaradi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »