Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi rahbariyati 24-fevralgacha Rossiya Federatsiyasiga qarshi 13-sanksiya paketini ma’qullashi, muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga 5 milliard yevro yuborishi va to‘rt yil davomida yana 50 milliard yevro o‘tkazish bo‘yicha kelishib olishi kutilmoqda. Bu haqda Financial Times (FT) manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrning Yevrokomissiyadagi suhbatdoshlari sanksiyalarning 13-paketi parametrlari bo‘yicha kelishish jarayonini tezlashtirish rejalashtirilganini ta’kidlamoqda. Paket Rossiya Federatsiyasidan alyuminiy importini taqiqlashni o‘z ichiga olmaydi, chunki Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari buni talab qilmoqda, degan FT manbalari.

Foto: Google Images

Materialda qayd etilishicha, Ukrainaga 50 milliard yevro miqdoridagi moliyaviy yordam bo‘yicha kelishish qiyin bo‘ladi (bu mablag‘lar yaqin to‘rt yil ichida ajratilishi rejalashtirilgan). Hozirda Vengriya rasmiylari bunga qat’iyan qarshi, ammo FT ma’lumotlariga ko‘ra, Bryussel maslahatlashuvlar davomida ularning pozitsiyasi o‘zgarishini kutmoqda.

Bloomberg avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketini muhokama qila boshlaganini yozgan edi. Agentlik manbalariga ko‘ra, u savdo cheklovlarini kuchaytirish, qora ro‘yxatlarni kengaytirish va Yevropa Ittifoqidagi uchinchi davlatlar va kompaniyalar orqali sanksiyalardan qochishni oldini oluvchi monitoringni o‘z ichiga oladi.

Avvalgi 12-sanksiya paketi 2023-yil 18-dekabrda qabul qilingan edi. Hujjatda birinchi marta Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish imkoniyati qayd etilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »