Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi rasmiylari shu hafta Ukrainaga harbiy yordamni blokdan chiqarish bo‘yicha yangi rejani ko‘rib chiqishni boshlaydi, deb yozdi The Wall Street Journal 19-yanvar kuni taqdim etilgan reja loyihasiga tayanib. Reja haqida birinchi bo‘lib Bloomberg xabar bergandi.

Foto: Delfi

Tashabbusga ko‘ra, maxsus jamg‘arma tashkil etilib, unga Yevropa tinchlik jamg‘armasidan 6,5 milliard yevro ajratiladi, 2024—2027-yillarda esa yiliga besh milliard yevro o‘tkaziladi.

YI mamlakatlari yangi jamg‘armadan tushgan mablag‘ni Yevropa Ittifoqi davlatlarining Ukraina uchun qurol-yarog‘ – dron, havo hujumidan mudofaa raketalari va o‘q-dorilarni birgalikda sotib olish xarajatlarini qoplash uchun ishlatishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, mablag‘ning bir qismi Ukraina harbiylarini Yevropa Ittifoqida o‘qitishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Agar YI yangi rejani ma’qullasa, a’zo davlatlar Ukrainaga kelasi to‘rt yil ichida ko‘rsatadigan “o‘nlab milliard yevro” harbiy yordam evaziga YI mablag‘laridan 20 milliard yevrodan ortiq mablag‘ni o‘z budjetlariga qaytarishi mumkin bo‘ladi.

Reja loyihasida Yevropa Ittifoqi davlatlari 2024-yildayoq harbiy yordam uchun 7,5 milliard yevro miqdorida tovon puli olishi ko‘zda tutilgan.

“Ukrainaning tashqi yordamga qaramligini hisobga olsak, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va hamkorlarining kelgusi davrda qilgan tanlovlari Ukrainaga yo qat’iy olg‘a siljish imkonini beradi yoki uning qarshilik ko‘rsatish qobiliyatiga jiddiy putur yetkazadi”, — deyiladi WSJ tomonidan keltirilgan reja loyihasida.

Yevropa Ittifoqi yetakchilari bu taklifni 1-fevralga belgilangan sammitda ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

  • Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi davlatlari Kiyevga umumiy qiymati 3,5 milliard yevro bo‘lgan yettita harbiy yordam paketini maʼqulladi, shuningdek, o‘q-dorilar yetkazib berish uchun ikki milliard yevro ajratdi. Olti oydan ko‘proq vaqt davomida Rossiyaga do‘st Vengriya hukumati Ukrainadan urush bilan bog‘liq bo‘lmagan imtiyozlar talab qilib, Yevropa tinchlik jamg‘armasidan har qanday to‘lovlarni bloklab kelmoqda.
  • Yevropa Ittifoqi va NATO aʼzosi bo‘lgan Vengriya keng ko‘lamli urush boshlanganidan keyin Ukrainaga harbiy yordam berishdan bosh tortdi. 2022-yilda Vengriya hukumati Ukrainaga 18 milliard yevrolik yordam dasturini blokladi. 2023-yilda Vengriya Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish bo‘yicha xalqaro order bo‘yicha Yevropa Ittifoqining qo‘shma bayonotini blokladi. Bundan tashqari, dekabr oyida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida iqtisodiy yordam ajratish qaroriga veto qo‘ydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »