Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden kelasi haftada Ukrainaga yordam berish yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib turgan AQSH-Meksika chegarasi bo‘yicha Senat kelishuviga erishishga umid qilayotganini aytdi.

Reuters agentligiga ko‘ra, AQSH prezidenti ‘‘katta o‘zgarishlarga’’ tayyorligini ma’lum qilgan.

‘‘O‘ylaymanki, biz kelgusi hafta, hech bo‘lmaganda Senatda biror natijaga erisha olamiz va umid qilamanki, bu ikki partiyaviy paket bo‘ladi’’, — dedi Bayden. ‘‘Endi Vakillar palatasidagi spiker va respublikachilar uchun savol, ular xuddi shunday harakat qilishga tayyormi?’’
Foto: Google Images

Gazetaning yozishicha, Vakillar palatasidagi ayrim respublikachilar spiker Mayk Jonson chegara xavfsizligi to‘g‘risidagi kelishuvni Ukrainaga yordam ko‘rsatishni ham o‘z ichiga oluvchi paketning bir qismi sifatida ko‘rib chiqsa, uni lavozimidan chetlatishga harakat qilish bilan tahdid qilmoqda.

Shu bilan birga, Bayden immigratsiya siyosatida o‘zgarishlar zarurligini tan oldi.

‘‘Men bu muammoni hal qilishga tayyorman, men haqiqatan ham katta o‘zgarishlarga tayyorman va buni chin dildan aytyapman’’, — dedi u. ‘‘Menimcha, biz chegaradagi siyosatda jiddiy o‘zgarishlarga muhtojmiz, shu jumladan boshpana tizimidagi o‘zgarishlarni ham qayta ko‘rib chiqish zarur’’.

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer avvalroq jurnalistlarga respublikachi va demokrat senatorlar bilan muzokaralar samarali bo‘lganini aytgan, biroq tafsilotlarni ma’lum qilishdan bosh tortgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »