Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kongressning Ukrainaga keyingi harbiy yordam bo‘yicha harakatsizligi “AQSH, NATO alyansi va boshqa erkin dunyo milliy xavfsizligini xatar ostiga qo‘yadi”. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden Kongressning bir qator qo‘mitalari rahbariyati bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.

Foto: Twitter

Ta’kidlanishicha, Bayden Vakillar palatasi va Senatdagi razvedka, qurolli kuchlar va moliyalashtirish bo‘yicha qo‘mitalar, shuningdek, Senatning tashqi aloqalar qo‘mitasi va Vakillar palatasi tashqi ishlar qo‘mitasi raislari va a’zolari bilan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish zarurligini muhokama qilgan. U Kongress Ukrainaga “Rossiya hujumidan himoyalanish uchun zarur bo‘lgan resurslar, jumladan, havo hujumidan mudofaa va artilleriya” qurollarini yetkazib berishni ta’minlash muhimligini ta’kidlagan.

“Prezident Kongressni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun tezda qo‘shimcha mablag‘ ajratishga va AQSHning qat’iyligi haqida kuchli signal berishga chaqirdi”, — deyiladi Oq uy xabarida. 

Shu bilan birga, Bayden Senatdagi ikki partiyali muzokaralar chog‘ida AQSH chegaralarini himoya qilish bo‘yicha erishilgan yutuqlar uni ruhlantirganini aytgan. Avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda uni Rossiyadan himoya qilish uchun mamlakatiga yordam berish davom etishiga ishontirgandi. 

AQSHning Ukrainaga harbiy yordami

7-yanvar kuni AQSH Kongressidagi Demokratik va Respublikachilar partiyalari vakillari hukumatning 2024-yilgi budjeti bo‘yicha kelishib oldi. Amerika qonun chiqaruvchi organi har ikki palatasining tegishli qo‘mitalari tomonidan qabul qilingan mudofaa budjeti loyihasida Ukrainaga harbiy yordam sifatida 300 million dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Qonunchilar, agar kerak bo‘lsa, 2025-moliya yilida ham xuddi shunday ehtiyojlar uchun 300 million ajratish niyatida. Umuman olganda, Kiyevga yordam 2026-yil oxirigacha uzaytirildi.

2023-yilda, Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga umumiy qiymati 24 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 34 ta harbiy yordam paketini taqdim etgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »