Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerika “Tolibon”ni terrorchi guruhlar ro‘yxatidan chiqarishga harakat qilmoqda, deb xabar berdi Aamaj News.

Foto: AP Photo


AQSH Kongressi Vakillar palatasi tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Maykl Makkol “Tolibon” terrorchi guruh bo‘lsa-da, Jo Bayden hukumati bu harakatni terrorchi guruhlar ro‘yxatidan chiqarishga harakat qilayotganini aytdi.

“Ko‘rinib turibdiki, Bayden hukumati ‘do‘stlik’ orqali ‘Tolibon’ siyosatini o‘zgartirmoqchi, ammo toliblarning xatti-harakati kundan kunga yomonlashmoqda”, — dedi Makkol Afg‘oniston bo‘yicha yig‘ilishda. 

U mamlakatning Afg‘onistondagi 20 yillik sa’y-harakatlari barbod bo‘lganini ta’kidladi. AQSHning Afg‘onistonga nisbatan siyosatini tanqid qilgan Makkol Bayden hukumatining Afg‘oniston xalqiga nisbatan hech qanday rejasi yo‘qligini aytdi. U “Tolibon” hukmronligi ostidagi Afg‘onistonda ayollarga erkaksiz uydan chiqish taqiqlangani, qizlar ta’lim olishdan mahrum etilganini eslatdi.

Yig‘ilishda Makkol “Tolibon” “Al-Qoida”ga boshpana berayotgani, AQSH Afg‘onistonda qoldirgan qurol va jihozlar hozir terrorchi guruhlarga sotilayotganini da’vo qildi.
Uning aytishicha, “Tolibon” ichki ishlar vaziri Sirajuddin Haqqoniy “Al-Qoida”ning sobiq rahbari Ayman az-Zavohiriyga boshpana bergan.

AQSH tashqi aloqalar qo‘mitasi rahbari Bayden hukumatidan Afg‘onistonga nisbatan siyosatini o‘zgartirishni so‘radi. Uning aytishicha, Amerika “Tolibon”ga emas, Afg‘oniston xalqiga yordam berishi kerak.

Maykl Makkol, shuningdek, Xitoyning Afg‘onistondagi ta’siridan xavotir bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »