Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Afg‘onistonni tark etayotganda bu mamlakatda ko‘p qurol qoldirgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Oq uy milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi ma’lum qildi.

Kollaj: New York Post


Kirbi Qo‘shma Shtatlar “Tolibon”ga katta miqdorda qurol qoldirgani haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va bu “bema’ni” da’vo ekanini bildirdi. U Amerikaning Afg‘onistonda 20 yil ichida qilgan ishi mamlakat xavfsizlik kuchlarini jihozlashga yordam berish bo‘lganini aytdi.

Ko‘p marta aytganimizdek, “Tolibon” harakatining oldinga siljishi bilan ko'plab afg'on xavfsizlik kuchlari jang qilmaslikka qaror qildilar va qurollarini qo‘yib, ketishdi, — dedi Oq uy rasmiysi.

Shuningdek, Jon Kirbi Pokiston Amerikaning mintaqadagi asosiy hamkori ekanini va bu davlat transchegaraviy terrorizm tahdidiga duch kelayotganini bildirdi.

Afg‘onistonda qoldirilgan qurollar AQSH rasmiylari tomonidan rad etilgan bo‘lsa-da, ma’lumotlarga ko‘ra, “Tolibon” hokimiyatga kelganidan keyin Amerika 7 milliard dollardan ortiq harbiy texnika va qurollarni qoldirgan. “Tolibon” qo‘lidagi qurollarning aksariyati Amerikada ishlab chiqarilgan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »