Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Donald Tramp 2024-yilgi AQSH prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozonsa, Afg‘onistondagi Bagram aerodromi ustidan Amerika nazoratini tiklash bo‘yicha “Tolibon” bilan “savdo bitimi” tuzishini aytgandi. “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid mazkur bayonotga javob qaytardi. Bu haqda Ariana news xabar berdi.

Kollaj: “Daryo”

Zabihullohning ta’kidlashicha, Tramp hech qanday siyosiy kuchga ega emas va uning so‘zlarini muhokama qilib bo‘lmaydi. U Afg‘onistonning yana mintaqaviy va jahon kuchlari o‘rtasidagi raqobat maydoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymasliklarini aytdi.

“Tramp hozirda oddiy odam. Uning nutqini muhokama qilishimiz uchun u hali hech qanday siyosiy tomonda emas. Ammo, umuman olganda, biz hech qachon Afg‘onistonning davlatlar o‘rtasidagi raqobat maydoni bo‘lishiga hech kimga yo‘l qo‘ymaymiz. Ikkinchidan, Afg‘onistonda biron bir davlatning harbiy ishtiroki qabul qilinishi mumkin emas, shuning uchun biz Afg‘onistonning barcha davlatlar bilan o‘zaro hamkorligi mo‘tadil va normal bo‘lishini istaymiz”, — dedi Mujohid.

Tramp Ayova shtatidagi tarafdorlariga aytgan nutqida, “agar u 2024-yilda qayta saylansa, Bagram aerodromi ustidan nazoratni tiklash uchun ‘Tolibon’ bilan savdo bitimi tuzishi, bu Xitoyni kuzatishda yordam berishini aytgandi.

Biroq, qator ekspertlar Trampning so‘zlari AQSHda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozonish kampaniyasidan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.

“Trampning Afg‘onistondagi Bagram aerodromini egallab, harbiy baza qurmoqchi ekanligi haqidagi bayonoti shunchaki saylov kampaniyasi va saylov masalasidir”, — deydi siyosatshunos.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »