Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” O‘zbekiston prezidentining Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi Afg‘oniston bo‘yicha nutqini olqishladi. Bu haqda “Tolibon” matbuot kotibi Zabiulloh Mujohid xabar berdi.

Foto: Reuters

Mujohidning ta’kidlashicha, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishda mintaqa davlatlari hamkorligi muhim ahamiyatga ega. U tinchlik va barqarorlik uchun qo‘shni davlatlarning Islom Amirligi bilan mustahkam diplomatik aloqalari zarurligini aytdi.

“Mintaqa Afg‘onistonga hozirgi barqarorlikda yordam berishi va hamkorlik qilishi, yaratilgan yoki o‘ylab topilgan muammolarning oldini olishi kerak. Ikkinchidan, Afg‘oniston Islom Amirligi bilan mustahkam diplomatik aloqalarni tiklashi kerak”, — dedi Mujohid.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti yig‘ilishida Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlikni mintaqada tinchlik o‘rnatishda muhimligini aytgandi.

“Afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishni susaytirmaslik, bu yurtdagi o‘tkir ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqiramiz. Bizga mintaqaviy sheriklik va barcha qo‘shnilari bilan iqtisodiy hamkorlik jarayonlarida faol ishtirok etadigan, tinch va barqaror Afg‘oniston kerak”, — degan Mirziyoyev.

Prezidentning ta’kidlashicha, transafg‘on temiryo‘lini barpo etish tashabbusi aynan mana shu maqsadga xizmat qiladi.

“O‘zbekiston afg‘on xalqiga bundan buyon ham zarur yordamni berib boradi. Termizdagi logistika xabi orqali gumanitar ko‘mak ko‘rsatishni, Ta’lim markazida esa afg‘on fuqarolarini o‘qitishni faol davom ettiramiz”, — deb ta’kidlagan davlat rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »