Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi yiliga 600 million dollardan 3 milliard dollargacha oshishini, Hayraton savdo porti faoliyati esa bundan buyon 24 soat ishlashini ma’lum qildi.

Foto: RTA Dari

29-oktyabr, yakshanba kuni Kobulda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston savdo delegatsiyasi va “Tolibon” Savdo-sanoat vazirligi vakillari ishtirokida O‘zbekiston savdo tovarlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Tolibon” harakati savdo-sanoat vaziri Nuruddin Aziziy marosimda so‘zlagan nutqida O‘zbekiston delegatsiya tarkibida besh nafar o‘zbekistonlik vazirning ishtirok etishi o‘zbekistonliklarning Afg‘oniston bilan munosabatlariga xayrixohligi va kuchli qiziqishini ko‘rsatishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” Sanoat va savdo vazirligining tranzit muammolarini hal qilish va afg‘on tadbirkorlariga vizalar berish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan qabul qilingan.

Foto: RTA Dari

“Tolibon” savdo-sanoat vaziri O‘zbekiston bilan savdo hajmini yiliga 600 million dollardan 3 milliard dollarga ko‘tarish maqsadiga erishilishini hamda Hayraton porti bundan buyon 24 soat ochiq bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

U Afg‘onistonda turli sohalarga sarmoya kiritish imkoniyatlari mavjudligini aytib, “Tolibon” O‘zbekiston xususiy sektoriga birinchilardan bo‘lib Afg‘onistonga sarmoya kiritish huquqini berishini ta’kidlagan.

Foto: RTA Dari

Nuruddin Aziziyning aytishicha, tez orada O‘zbekiston—Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi qayta ochiladi va bu borada O‘zbekiston delegatsiyasi bilan muzokaralarga kirishilgan.

U O‘zbekistondan mamlakatga kimyoviy o‘g‘it olib kirishni so‘radi. 

 “Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati va sanoat texnologiyalariga muhtoj, Afg‘oniston esa bu ehtiyojni qondirish uchun O‘zbekiston bilan shartnoma tuzishdan manfaatdor”, — deydi “Tolibon” savdo-sanoat vaziri.

U o‘z nutqida O‘zbekiston delegatsiyasiga murojaat qildi hamda ikki tomon o‘rtasidagi eksport va import darajasi oshishi uchun afg‘on tadbirkorlariga ko‘proq qulayliklar yaratilishini so‘radi.

O‘zbekiston savdo delegatsiyasi rahbari, bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev esa o‘z nutqida Afg‘onistonning rivojlanishi va yuksalishi mintaqa davlatlari, jumladan, O‘zbekiston uchun ham manfaatdor ekanini ta’kidlagan.

Xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston konchilik sohasida yetarli tajribaga ega va Afg‘oniston rasmiylari bilan bu sohada hamkorlik qilishga tayyor.

O‘zbekiston savdo delegatsiyasi rahbari, shuningdek, mamlakat Afg‘oniston suvlarini boshqarish va bu mamlakatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda hamkorlik qilishini ta’kidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »