Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy delegatsiyasi Kobulga tashrif buyurdi. Bu haqda Tolibon harakatining sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev delegatsiyaga boshchilik qilmoqda. Tashrifdan maqsad o‘zaro savdoni rivojlantirish, ikki davlat o‘rtasidagi tranzit muammolariga yechim topish va Kobulda O‘zbekiston tovarlari ko‘rgazmasini ochishdan iborat. Delegatsiyani aeroportda “Tolibon” savdo vaziri Nuriddin Aziziy kutib olgan.

Foto: Afg‘oniston sanoat va savdo vazirligi

Delegatsiya tarkibida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, transport vaziri Ilhom Mahkamov, qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va boshqa amaldorlar bor.

Avvalroq 30 kishilik O‘zbekiston delegatsiyasi “Tolibon” rasmiylari bilan muloqot qilish uchun Kobulga borgandi. O‘shanda “Tolibon” o‘zbek rasmiylarining tashrifidan maqsad “Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish” ekanini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »