Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” harakatining chegara rasmiylari O‘zbekistonda chegarachilar bilan uchrashdi. Bu haqda Bakhtar news xabar berdi.

Foto: Twitter / MoDAfghanistan

Islom Amirligi nomidan delegatsiyaga 6-chegara brigadasi qo‘mondoni Mavlaviy Mansur va Hayraton portining tashqi aloqalar bo‘yicha direktori va komissari Mavlaviy Aminulloh boshchilik qilgan. “Qo‘shma muvofiqlashtirish” yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida ular O‘zbekistoniga tashrif buyurib, rasmiylar bilan muzokara olib borgan.

Foto: Twitter / MoDAfghanistan

Tomonlar nimalarni muhokama qildi?

Uchrashuvda tomonlar ikki davlat chegara xavfsizligini taʼminlash, chegara qo‘shinlari faoliyatini qanday muvofiqlashtirish, muammolarni hal qilish, umumiy chegaralarni himoya qilish, yaxshi munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.

Foto: Twitter / MoDAfghanistan
“Yakunda ular chegaradagi har qanday muammolarni hal qilishda hamkorlik qilishga va’da berdi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, 9-iyul kuni “Tolibon” harakatining Chegara va qabila ishlari vazirligi O‘zbekiston chegarachilari bilan uchrashgandi. Ular chegara hududlari aholisi duch kelayotgan muammolarni muhokama qilgan. Afg‘onistonning amaldagi rasmiy vakillari terrorchi guruhlarning O‘zbekistonga qarshi Afg‘oniston tuprog‘idan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »