Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Kobul shahrida Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Abdul G‘ani Mulla Barodar bilan uchrashdi. Bu haqda Intestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Intestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Qayd etilishicha, uchrashuv chog‘ida bosh vazir o‘rinbosarlari O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir qator masalalarni muhokama qilgan. Bundan tashqari, Kobul shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston vazirlik va idoralari ishtirokida kengaytirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek, uchrashuvlarda Surxon—Puli-Xumri elektr uzatish tarmog‘i qurilishi loyihasini amalga oshirish, O‘zbekistonning Kobul va Mozori Sharif shaharlaridagi savdo uylari faoliyatini qayta tiklash va jonlantirish, Afg‘onistonda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakolatxonasini ochish, xalqaro yuk tashish, bojxona nazorati hamda foydali qazilmali konlarni o‘rganish va rivojlantirish istiqbollariga oid boshqa masalalar muhokama qilingan.

Foto: Intestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston delegatsiyasining Kobulga tashrifi doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, ikki mamlakatning davlat idoralari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida “B2B” hamda “G2B” formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Natijalarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, transport-logistika, kimyo sanoati, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, charm-poyabzal, elektrotexnika sanoati kabi sohalarda 1 milliard 185 million dollarlik eksport-import shartnomalari va bitimlar imzolangan.

Avvalroq “Tolibon” Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi yiliga 600 million dollardan 3 milliard dollargacha oshishini, Hayraton savdo porti faoliyati esa bundan buyon 24 soat ishlashini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »